Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattarova “Madaniyat” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli Boltaeva Oypo‘shaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, oilalar bilan hamkorlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Deputat D. Sattarova xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada kuchaytirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla tizimida samarali faoliyat yuritayotgan faollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.