#162_ta_qonun_ijrosi
SIFATLI TIBBIY XIZMAT — INSON SALOMATLIGI GAROVI!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.G‘aybullayeva Manas MFY hududidagi oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, D-MED elektron axborot tizimining ishlash tartibi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi.
Shuningdek, o‘rganish davomida «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-528-son Qonuni ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Bunda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda qonun talablariga rioya etish masalalariga eʼtibor qaratildi.
BIZNI KUZATING: 🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik kengashi | 💬 Facebook 🌐Instagram| 📹 Youtube