Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Kotib

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH — DAVR TALABI

📍 Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Botir Nurmatov, komissiya kotibi Oydin Daniyarxodjayeva hamda tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdi.

💬 Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’siri alohida ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, ularga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va mas’uliyatni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

☑️ Ishtirokchilar tomonidan mahallalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish muhimligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida halollik, vijdonlilik va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishda mahalla faollarining o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.

🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Bu borada har bir fuqaroning faol pozitsiyasi, qonunlarga hurmati va halollik tamoyillariga amal qilishi sog‘lom hamda adolatli jamiyatni barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4