Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi D.Axmedov faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida hokim yordamchisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularning bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, mavjud muammolarini aniqlash va tegishli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

🔵O‘rganish natijalariga ko‘ra, hokim yordamchisining faoliyati qoniqarli deb baholandi. Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1