Saylovchilarga axborot berish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, Mustaqillik ko‘chasida tadbirkorlik subyekti tomonidan piyodalar yo‘lagi egallab olingani yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatni o‘rganish maqsadida hududga chiqildi. O‘rganish jarayonida kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, mahalla raisi va mahalla nuroniylari ham ishtirok etdilar.
Joyida o‘rganish davomida piyodalar yo‘lagidan foydalanish holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning, ayniqsa, piyodalarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish masalasi muhokama qilindi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, piyodalar yo‘lagidan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash hamda mavjud holatni qonuniy tartibda hal etish zarurligiga e’tibor qaratildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.