Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Navro‘z” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi T. Abdullayevning aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda ishsizlikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Shuningdek, aholining bandligini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, oilalarning daromadlarini oshirish, kasanachilik va kichik biznesni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔵O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1