Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannapova tomonidan 35-Mustaqillik saylov okrugidagi “Bog‘iram” va “Ahmad Donish” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida aholi murojaatlari, mavjud muammolar hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallalarda aholi uchun yaratilgan sharoitlar, sport infratuzilmasining holati, hududlarni obodonlashtirish hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarning yechimiga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️ O‘rganishning dastlabki manzili “Bog‘iram” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda mahalla qo‘mitasi yonida joylashgan stadionni ta’mirlash va yoritish tizimini o‘rnatish masalasi deputat tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.

🚨 Eng e’tiborli jihati shundaki, mazkur stadionni ta’mirlash va yoritish bo‘yicha avvalroq deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar amaliy ishlar boshlanmagan. Vaholanki, mas’ullar tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirish bir necha oy avval va’da qilingan, hatto ularni bir oy muddatda bajarish bildirilgan edi.

⚠️ Deputat Fotima Mannapova mazkur holatdan jiddiy tashvish bildirib, aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan berilgan va’dalarning amalda bajarilishi, deputatlik so‘rovlariga munosabat faqat rasmiy javoblar bilan cheklanib qolmasligi zarurligiga e’tibor qaratdi.

🔺 Stadionning ta’mirlanishi va yoritish tizimi bilan ta’minlanishi, avvalo, mahalladagi bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda xavfsiz sharoitda jismoniy faollik bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega.

📋 Mazkur masala mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mahallalardagi sport inshootlarining holatini o‘rganish, ularning moddiy-texnik sharoitlarini yaxshilash, yoshlar uchun qulay sport muhitini yaratish hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

💡 O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Ahmad Donish” mahallasi bo‘ldi. Ushbu hududda mahalla nomlanishi bilan bog‘liq takroriy chalkashliklar yuzasidan masala ko‘tarilib, mahalla nomini o‘zgartirish taklifi muhokama qilindi.

♻️ Mazkur masalaning fuqarolar uchun yuzaga keltirayotgan noqulayliklarini inobatga olgan holda, mahalla nomini o‘zgartirish taklifini amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida o‘rganish zarurligi qayd etildi.

🤝 Shuningdek, mahalla aholisining taklif va murojaatlariga e’tibor qaratish, hududdagi mavjud masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda deputatlik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

⚖️ Deputat Fotima Mannapova tomonidan olib borilgan mazkur o‘rganishlar aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masalalarning amaldagi ijrosini tekshirish, bajarilmay qolayotgan vazifalarga mas’ullar e’tiborini qaratish hamda fuqarolar uchun muhim bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratildi.

📉 Deputatlik so‘rovi yuborilishi yoki muayyan ishlarning bajarilishi va’da qilinishi masalaning hal etilganini anglatmaydi. Eng muhimi — belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi va aholi buning natijasini his qilishidir.

🔺 “Bog‘iram” mahallasidagi stadionni ta’mirlash va yoritish masalasining hal etilishi, shuningdek, “Ahmad Donish” mahallasidagi nomlanish bilan bog‘liq taklifning tegishli tartibda o‘rganilishi deputatlik e’tiboridagi dolzarb masalalar sifatida qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4