Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Naymanko‘l”da ichki yo‘llar yangilanmoqda

“Naymanko‘l”da ichki yo‘llar yangilanmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini nazorat qilmoqda.

🔨 Ayni paytda ko‘chalardagi eski asfalt qoplamalari olib tashlanib, yo‘llar yangi asfalt yotqizishga tayyorlanmoqda.

👥 Deputatlar tomonidan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, asfaltlash jarayonining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga e’tibor qaratilmoqda.

🏘 Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay yo‘l sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Slide 1 of 3