Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

❄️ 15-sonli DMTTda qish mavsumiga hozirlik holati baholandi


Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna “Taxiatosh” MFY 9-O‘zbekiston saylov okrugi hududidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

🏫 Muassasada kuz-qish mavsumini uzluksiz va barqaror o‘tkazish uchun ko‘rilgan choralar bilan tanishildi. Jumladan, isitish qozonxonalarining holati hamda sovuq kunlarda foydalanish uchun jamg‘arilgan ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida mavsum mobaynida isitish tizimining soz ishlashi va tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitni saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3