Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATNING O‘RNI

Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishida markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini saralash, amalga oshirish hamda ularning natijadorligini monitoring qilish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatiladi, unga muvofiq:
     loyiha takliflari, shu jumladan, belgilangan manbalardan mablag‘ ajratish bo‘yicha takliflar Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilinishi va faqatgina ularning qarori bilan ma’qullangandan keyin amalga oshirilishi shart;
     har bir loyihaning amalga oshirilishi holati muntazam ravishda barcha darajadagi vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib boriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori.

Slide 1 of 1