Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi K.Merekbayevaning faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining faoliyatiga oid hujjatlar, jumladan, yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda turli tadbirlarga jalb etish yo‘nalishidagi hujjatlar ko‘rib chiqildi.

🔻Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mahalladagi 4 nafar yoshni “Yoshlar daftari”ga kiritish rejalashtirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda yoshlarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda tegishli tartibda ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va san’atga jalb qilish, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning murojaat va takliflariga e’tibor qaratish hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1