Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotib

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar tegishli doimiy komissiyalar tomonidan muhokama qilindi.

Bugun xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2026-yilning 9 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ulaning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirigan ishlar to‘g‘risida;

2026-yilning 9 oyi davomida Mirzo Ulug‘bek tumani hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holati hamda joriy yil yakuniga qadar ko‘riladigan ta’sirchan chora-tadbirlari to‘g‘risida;

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;

Mirzo Ulug‘bek tumanida 2026-yilning uchinchi choragida aholi badligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalib qilish va daromadlarini oshirish, mahallalarda extiyojmand aholi qatlami bilan manzilli ishlashni tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, belgilangan tartibda taklif va tasiyalar kiritildi.

Slide 1 of 5