Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun Jayhun” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida jinoyatchilik profilaktikasi va jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda jinoyat sodir etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlarning mahalla miqyosidagi ijrosiga e’tibor qaratildi.

Xususan, “Jayhun” mahallasida jamoat tartibini saqlash, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy-maishiy nizolarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarga imkon berayotgan ijtimoiy va maishiy omillarni aniqlash, profilaktika inspektorining “mahalla yettiligi” hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga oid navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tashkil etildi. Uning natijalari hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini baholash va mas’ul tashkilotlar oldidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy maqsad — jinoyat sodir etilgandan keyin uning oqibatlari bilan kurashish emas, balki jinoyatga sabab bo‘luvchi omillarni oldindan aniqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va har bir mahallada xavfsiz muhitni ta’minlashdir.