Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun “Jayhun” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va mahallada osoyishta muhitni mustahkamlash — doimiy e’tibordagi masalalardan.

Termiz shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hudud profilaktika inspektori — uchastka noziri faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, oilaviy-maishiy nizolarni barvaqt aniqlash hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va profilaktika inspektorining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi ham e’tibordan chetda qolmadi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga oid navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tashkil etildi.

O‘rganish natijalari hududda xavfsizlikni ta’minlash, profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini takomillashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.