📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan mahallada yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning holati o‘rganildi.
🏠 O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va ta’minot masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, fuqaroning mavjud ehtiyojlarini aniqlash, tegishli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda muammolarini hal etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga e’tibor qaratildi.