📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
👩💼 O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.