Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov soha vakillari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari” orqali uy-joyini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish holatini o‘rgandi.

🏠 O‘rganish davomida uy-joy ta’miri uchun ajratilgan 19 million 800 ming so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi hamda ta’mirlash ishlari holatiga e’tibor qaratildi.