Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MIGRATSIYADAGI XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN MULOQOT TASHKIL ETILDI

Murojaatlar tinglandi, muammolar va takliflar o‘rganildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov Beshmergan mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida migratsiyada bo‘lib turgan xotin-qizlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida ularning yashash va mehnat sharoitlari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.
Maqsad: migratsiyadagi xotin-qizlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli choralar ko‘rishga ko‘maklashish.