Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🟢 QONUN IJROSI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARI HOLATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sherobod tumani bo‘limi bosh mutaxassisi E. Jo‘rayev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.

📝 O‘rganish davomida tashkilotda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mavjud tartiblar o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mas’ul xodimlarning qonunchilik talablaridan xabardorlik darajasi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi.

🔍 Savolnoma asosida qonunning asosiy talablari, fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish va nazoratga olish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash borasida mas’ul xodimlarning amaliy bilim va ko‘nikmalari ham o‘rganildi.

📌 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarining ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, deputatlik so‘rovlarini tegishli tartibda yuborish, ular yuzasidan javoblarni belgilangan muddatlarda olish, kelib tushgan javoblarning mazmunini o‘rganish hamda ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi bilan bog‘liq jarayonlar ko‘rib chiqildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda tashkilot faoliyatida qonuniylik va mas’uliyatni mustahkamlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3