Faoliyat tahlili va ustuvor vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov boshchiligida tuman va shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda xodimlari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida hafta mobaynida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilinib, tizimli kamchiliklar va dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.
Muhokamalar yakunida faoliyat samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.