Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Hududlarda o‘rganishlar olib borildi

 Hududlarda o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N.Q. Ubaydullayevning shaxsiy kunlik ish rejasiga asosan hududlarda o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda kotibiyat mudiri hamda bosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Jumladan, 18-Axsikent okrugi “Diyor” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi tomonidan xizmat vazifalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Xususan, aholining bandligini ta’minlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, mavjud natijalar va muammolar ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4