35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #deputatlik_soʻrovi Deputatlik nazorati: “Yulduz” mahallasida obodonlashtirish nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari davomida “Yulduz” mahallasidagi Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan ariqda maishiy va boshqa chiqindilar to‘planib qolgani aniqlandi.

Mazkur holat ariqning suv o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, hududda antisanitariya holatini yuzaga keltirishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Saribayevga deputat so‘rovi yuborilib, Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasidagi ariq va uning atrofini chiqindilardan tozalash hamda tegishli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati — aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim vositadir.