35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Investitsiya loyihasi oʻrganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #deputatlik_soʻrovi Deputatlik so‘rovi ortidan: “Saxovat” mahallasidagi serqatnov chorraha nazoratga olindi

Joriy yilda ushbu chorrahaga svetofor moslamasi o‘rnatish yuzasidan 21-ds-408-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan. Mutasaddi tashkilot tomonidan taqdim etilgan javobda svetofor o‘rnatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgani bildirilgan edi.

Biroq, qayta o‘rganish davomida mazkur chorrahada svetofor moslamasini o‘rnatish va uni ishga tushirish ishlari hali yakuniga yetkazilmagani aniqlandi.

Aholi gavjum hududdagi mazkur chorrahada svetoforning mavjud emasligi transport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tirbandlik hamda yo‘l-transport hodisalari xavfini oshirmoqda.

Shu munosabat bilan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Boltayevga deputatlik so‘rovi yo‘llanib, Mehridaryo va Fayoztepa ko‘chalari kesishmasida svetofor moslamasini o‘rnatish, uni tarmoqqa ulash ishlarini to‘liq yakunlash hamda mazkur jarayonni nazoratga olish so‘raldi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.