35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tuman markazidagi istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat xodimi J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish, hududni obodonlashtirish va zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ining qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔺Tumanda “Zarbdor tajribasi” asosida tashkil etilishi belgilangan “Istirohat bog‘i” loyihasi Kengashning tegishli qarori asosida tasdiqlanib, barcha qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 5,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyihani amalga oshirish uchun “Yuksak Ta’lim Ta’mir” MChJ pudratchi tashkilot sifatida tanlangan. O‘rganish davrida qurilish maydonlarida 40 nafar ishchi mehnat qilayotganligi, biroq ishchi kuchi yetishmovchiligi sezilayotganligi, bu esa belgilangan ishlarning sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi qayd etildi. Shuningdek, istirohat bog‘ini to‘liq foydalanishga tayyor holatga keltirish uchun bir qator muhim ishlar hali amalga oshirilishi lozim. Jumladan, favvorani ta’mirlash, piyodalar yo‘laklariga bruschatka yotqizish, amfiteatrni ta’mirlash va jihozlash, Shoirlar maydonini jihozlash hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari qolgan.

🔺Deputat tomonidan mazkur ishlar hozirgi sur’atda olib borilayotgani qoniqarsiz ekanligiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ishchi kuchi yetishmovchiligini bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish va qolgan vazifalarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligi ta’kidlandi. Pudratchilarga qurilish-montaj ishlarining sifatini ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini kompleks ravishda tashkil etish hamda istirohat bog‘ini aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 10