35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Aholining maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov va O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan hududda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati sifati yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bir qator muammolar aniqlandi. Xususan, tumanda aholiga maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ ixtiyoridagi maxsus chiqindi tashuvchi transport vositalari soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi sababli barcha mahallalarga belgilangan muddatlarda xizmat ko‘rsatish imkoniyati cheklanib qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni qabul qiluvchi poligonning hududdan ancha uzoq masofada joylashgani ham transport vositalari bir reys uchun ko‘p vaqt sarflashiga olib kelmoqda.

Natijada chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha tasdiqlangan grafikka to‘liq rioya etilmayotgani, ayrim mahallalarda chiqindi konteynerlari o‘z vaqtida bo‘shatilmasligi oqibatida chiqindilarning to‘planib qolishi kuzatilayotgani qayd etildi. Bu esa sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, atrof-muhitning ifloslanishi hamda aholi o‘rtasida asosli e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Deputatlar mas’ul tashkilot mutasaddilari bilan suhbat o‘tkazib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida maxsus transport vositalari sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, chiqindilarni tashish logistikasini qayta ko‘rib chiqish, grafik ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar.

Slide 1 of 7