35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan Alisher Navoiy mavzesi 105-ko‘p qavatli uyning old qismini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Fuqarolar uzoq yillardan buyon ushbu hudud asfaltlashtirilmagani, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida harakatlanish qiyinlashib, aholiga noqulayliklar tug‘dirayotganini ta’kidladilar.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur hududni asfaltlashtirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda ishlarni qachon bajarish imkoniyati mavjudligi bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2