Deputat "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida", "Vasiylik va homiylik to‘g‘risida", "Ta'lim to‘g‘risida", "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" hamda boshqa sohaga oid qonunlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.
Shuningdek, Shovot tumani Madaniyat bo‘limi, 1-son sport maktabi va 2-son sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boradi.