Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#deputatlik_faoliyati
#Deputatlik_faoliyati

Shahardagi ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganilmoqda

📍Xalq deputatlar Nurafshon shahar Kengashiga 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdug'apparov nomidan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat bosh mutaxassisi I.Omonboevlar tomonidan shahardagi "Yangiobod" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

↘️O‘rganishlar davomida asosan ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari) lift va kirish qismlarining tozaligi;
yerto‘lalarning bugungi holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining (suv, oqova suv tizimlari) sozligi, uylar atrofidagi maydonlar, bolalar maydonchalari va chiqindi yig‘ish joylarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

📖O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (shirkatlar) ishini jonlantirish hamda hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Slide 1 of 3