Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan "G‘oziyog‘lik" mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli Z.Rahimovaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-sonli "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli Z.Rahimova tomonidan qonun talablarining amaliy ijrosi hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida:
2 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;
1 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;
43 nafar ayolga shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;
2 nafar ajrim yoqasidagi oilaning muammolari ijobiy hal etilib, yarashtirilgan;
16 nafar xotin-qizga jami 5 million 120 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan;
23 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi