Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xolmatov Hojiakbar Karimjon o‘g‘li kotibiyat bosh mutaxassislari bilan birgalikda “Pistamozor” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, “Pistamozor” qabristoni yonida aholi uchun madaniy-ma’rifiy va nuroniylar maskanini tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda uni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish va amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3