Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Og‘ir” mahallada amalga oshirilishi belgilangan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanning “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar bilan tanishdi.

🔺O‘rganish davomida Kengashning tegishli qaroriga asosan mahallaning 4 km ichki yo‘llarini ta’mirlash, 1,2 km piyodalar yo‘laklarini qurish, 40 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, 45 dona elektr stolbalarini yangilash, 1,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini tortish, 1 doa transformatorni yangilash bo‘yicha belgilangan ishlar natijasida zamonaviy infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

🔺Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida har bir loyihaning amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, ijrochi tashkilotlar hamda kutilgan natijalar muhokama qilinib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2