Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Shohrux Isaqulov va Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida "Do‘stlik" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglandi.
Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, moddiy yordam, bandlik, yer va kadastr hamda tibbiy xizmat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5