Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda turizm salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy turistik infratuzilmani shakllantirish hamda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasining ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida “Global Time Village” MChJ tomonidan tumanning “Qoronqul” mahallasida amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 60 mlrd. so‘m bo‘lgan turizm va dam olish majmuasi loyihasining amalga oshirish bosqichlari, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, investorlar tomonidan bajarilayotgan ishlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda loyihaning belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Loyiha amalga oshirilganda 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ma’lum qilindi.

🔺O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va loyiha ijrochilariga amaliy taklif hamda tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, qurilish ishlarini belgilangan reja asosida o‘z vaqtida yakunlash, investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanish va loyihaning aholi hamda hudud iqtisodiyoti uchun manfaatli natijalar berishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4