Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
#24_ta_masala 🎮 Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov Humo mahallasida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Natijada mahalla bugungi kunda jinoyatchilikdan holi hudud sifatida “yashil” toifada faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ichkilikbozlik, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni barvaqt bartaraf etish maqsadida notinch hamda ajrim yoqasidagi oilalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududidan o‘tuvchi va ichki yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilar hamda piyodalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 2