Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan tumanning “Besh-tut” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ko‘payganligi munosabati bilan gaz ta’minoti korxonasi mas’ul xodimi ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔺Qabul davomida fuqarolar tomonidan tabiiy gaz bosimining pastligi, suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar, yangi tarmoqlarga ulanish, hisoblagichlar bilan bog‘liq muammolar, qarzdorlik hisob-kitoblari hamda boshqa kommunal xizmatlarga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🔺Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Har bir murojaat nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔺Sayyor qabul yakunlari bo‘yicha gaz ta’minoti sohasidagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda murojaatlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2