Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

⚡️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Z. Yusupova va S. Norboyeva hamda tuman Kengashi deputati N. Ochilovalar tomonidan Payariq tumanida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar savolnoma asosida o‘rganildi.

✍️O‘rganish jarayonida Davlat kadastrlari palatasi Payariq tumani filiali faoliyati bilan tanishilib, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha olib borilayotgan xatlov va hujjatlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

✍️Shuningdek, qonun ijrosini samarali tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda hujjatlashtirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏛 Deputatlik nazorati orqali qonunlar ijrosini joylarda o‘rganish va mavjud masalalarga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

👍Navbatdagi Sessiya kun tartibida ushbu masala bo'yicha Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti eshitilishi belgilangan.

Slide 1 of 3