Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Lochin mahallasida ko‘kalamzorlashtirish va tomorqachilik ishlari o‘rganildi

Lochin mahallasida ko‘kalamzorlashtirish va tomorqachilik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahrining Lochin mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari va tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida ekilgan manzarali daraxtlar, butalar va gulzorlarning parvarishlanishi, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda aholi tomonidan tomorqa yer maydonlarida yetishtirilayotgan poliz ekinlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, ekinlarni agrotexnik talablar asosida parvarishlash, hosildorlikni oshirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud yashil hududlarni saqlash va kengaytirish, shuningdek, tomorqachilik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va poliz ekinlari yetishtirish hajmini oshirish aholi farovonligini yuksaltirish hamda hududlarning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4