Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan “Pargos” MFY hududida joylashgan ariq zovurlarini tozalash masalasi mas'ul hodimlar tomonidan koʻrib chiqildi.
"Pargos" MFY hududidagi ariq va zovurlarni tozalash masalasi saylovchilarning murojaati asosida o‘rganildi. Mazkur masala yuzasidan hududga chiqilib, mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirokida holat ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ariq va zovurlarni tozalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mas'ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.