Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔺Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Bo‘stonliq tumani hokimligining 2026-yil 17-iyundagi 824-sonli murojaatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga asosan qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2026-yil may oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
🔺Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.