Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarorining 1-ilovasining 2-bandiga asosan, Termiz tumani At-Termiziy MFY hududida joylashgan 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish tadbiri tasdiqlangan.

Mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq, 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun jami 762,5 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 565,8 mln so‘mlik jihozlar elektron savdolarga joylashtirilib, g‘olib deb topilgan korxonalar tomonidan yetkazib berilgan.

Qolgan 196,7 mln so‘mlik jihozlar bo‘yicha xarid savdolari tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.
 

Slide 1 of 3