Жаңалықлар

Ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasining ichki yo‘llari holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida yo‘l infratuzilmasining ahvoli, transport harakati xavfsizligi va aholiga qulaylik yaratish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla hududidagi eski yoki ta’mirtalab yo‘llarni asfaltlashtirish hamda yo‘l harakati belgilarining mavjudligi va transport harakati uchun sharoitlar ko‘rib chiqildi.

🔺Aholi bilan olib borilgan suhbatlar chog‘ida yo‘l ta’miri bo‘yicha mavjud muammolar va takliflar yig‘ildi. Ichki yo‘llarni sifatli ta’mirlash va saqlash mahalla aholisining hayot sifatini yaxshilash, transport harakatini xavfsiz va qulay qilishda bo‘yicha mas’ullarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2