Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida aholi muammolarini hal etish, kambag’allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Tog’ayev, 21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov tomonidan atroflicha ko’rib chiqildi.
O’rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli yechim topish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan
tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Mazkur o’rganishlar aholi farovonligini ta’minlash, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.