Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🔷O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 1-“Qoramanas” okrugidan saylangan deputat D.Bimurzayev “Qoramanas” mahallasi aholisi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔷Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda qonunchilik ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. 

🔷Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1