Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yunusova hamda 2-Terkzor saylov okrugi deputati X.Anarkulovlar haftalik ish rejaga asosan tuman Kengashining “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumandagi 32-umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar.
Mazkur maktabda “Abdu Malik Fayz qurilish” MCHJ tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.