#Deputat_faoliyati #Andijon_shahar #Eko_harakat #faol_tashabbus
Bugun erta tongdan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tashabbusi bilan “Barkamol” MFY hududida keng ko‘lamli sog‘lomlashtirish va ekologik tadbir tashkil etildi 🌿
Mazkur tashabbus doirasida mahalla faol xotin-qizlari ishtirokida “5000 qadam” sog‘lom yurish aksiyasi o‘tkazildi 🚶♀️🚶♂️. Ushbu aksiyaning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ertalabki badantarbiya madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi 💪
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro samimiy muloqotda bo‘lib, sog‘lom hayot kechirishning ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning foydasi haqida fikr almashdilar 🥗
Shuningdek, mazkur ezgu tashabbus davomida “Barkamol” MFY hududida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida homiylik mablag‘lari asosida pavloniya daraxtlari ekildi 🌳. Ushbu daraxtlar nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki havoning tozaligini ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi 🌱
Bunday amaliy tadbirlar orqali aholining ijtimoiy faolligi oshib, sog‘lom va obod muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda 🤝