35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

🏛 DEPUTATLAR — mahallada

🏛 DEPUTATLAR — mahallada
Xalq deputatlari Baxmal tumanidan 11-Gulbuloq saylov okrugidan Jizzax viloyati Kengashiga saylangan deputat U. O‘razboyev hamda tuman Kengashi deputati A.Muxtorov hamkorligida  Baxmal tumanidagi “Yangibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoitini yanada yaxshilash, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
🌳 Mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholi o‘rtasida hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi ishlar ham tahlil qilindi.

Slide 1 of 3