35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAHALLADAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Muxsimov Nurullo tomonidan “Otchopar-2” mahallasi hududida piyoda o‘rganish ishlari olib borildi.

🚶‍♂️Hududni aylanib chiqish davomida mahallaning ichki ko‘chalari va yo‘l infratuzilmasi holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida ayrim ichki yo‘llarda asfalt qoplamasi eskirgani hamda ularni qayta asfaltlashtirish zarurligi aniqlandi.

🛣Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar bildirildi. Ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash va asfaltlashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

🔠Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4