35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Jamoatchilik fikri – Kengash faoliyatini takomillashtirishning muhim omili

 Jamoatchilik fikri – Kengash faoliyatini takomillashtirishning muhim omili

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi bilan tumanda fuqarolar o‘rtasida deputatlar hamda Kengash faoliyati yuzasidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirildi.

Mazkur so‘rovnomaning asosiy maqsadi – aholining fikr va takliflarini o‘rganish, deputatlik faoliyati samaradorligini baholash hamda Kengash faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan takliflarni shakllantirishdan iborat.

Ayni kunlarda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi Sh. Uralov mahalla yoshlari o‘rtasida deputatlik faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini yig‘moqda.

🤝 Har bir bildirilgan fikr va taklif Kengash faoliyatini xalq manfaatlariga yanada yaqinlashtirish hamda deputatlar faoliyati ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3