35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🟢 Do‘stlik MFYda bolalar maydonchalari tozaligi deputatlik nazoratida.

🟢 Do‘stlik MFYda bolalar maydonchalari tozaligi deputatlik nazoratida.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10 ta ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari atrofida joylashgan bolalar maydonchalarining sanitariya holati va tozaligi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat davomida bolalar maydonchalarining tozaligi, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, obodonlashtirish ishlarining holati, yashil hududlarni parvarishlash hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni muntazam tozalab borish, sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish va bolalar maydonchalarini doimiy nazoratda saqlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar hamda mahalla mutasaddilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3