35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📌 Aholi bandligini ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati D. O’ralova tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan 24 ta ustuvor vazifa ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida tahliliy o‘rganish o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida mahallada mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda o‘zini o‘zi band qilish choralari amaliy jihatdan tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, har bir murojaatchi bilan individual ishlash holati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama etildi.

Slide 1 of 3